

Yurtimizda mehr-oqibat va hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik hamda xayr-saxovat muhitini mustahkamlashda xalqaro bayram sifatida e’tirof etilgan Navro‘zi olamni munosib kutib olish va o‘tkazishda kasaba uyushmasi a’zolari faol ishtirok etmoqda.




Mehnat jamoalarida sportning milliy turlari bo‘yicha musobaqalar, ma’rifiy-ma’naviy va xayriya tadbirlari, “Ma’rifat soatlari” hamda bayram sayillari tashkil etilib, ularda korxona va tashkilot xodimlari faol va ko‘ngilli ravishda qatnashib kelmoqda.
Navro‘zi olamning insonparvarlik mohiyati, unda mujassam bo‘lgan bag‘rikenglik, saxovat va mehr-oqibat kabi azaliy qadriyatlar kasaba uyushma a’zolari uchun alohida ahamiyat kasb etmoqda.
🌙✨ Ramazon va Navro‘z bayramlari muborak bo‘lsin!