Xotira abadiy – qadr muqaddas

Buxoro davlat universiteti yoshi ulug‘ ustozlar, mehnat faxriylari, rahbar-xodimlar, professor-o‘qituvchilar ishtirokida 9-may – «Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Yurt himoyasi yo‘lida jon fido etganlar xotirasi qalbimizda abadiy yashaydi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida «Ustozga ehtirom» monumenti ostiga gul qo’yish marosimi o’tkazildi.

Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Akmal Nazarov ochib berdi. Universitet Kasaba uyushmasi raisi B.Qobilov hamda BuxDUda uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriy ustozlar so‘zga chiqib, o‘tganlar xotirasini yod etish va keksalarni e’zozlash muqaddas burch ekanligini ta’kidladilar.

Marosim doirasida BuxDU jamoasi universitet hududidagi “Ustozga ta’zim” monumenti poyiga gullar qo‘yib, vatan uchun fidokorona xizmat qilgan ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Print Friendly, PDF & Email