18-noyabr — “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun

    Shu munosabat bilan joriy yilning 18-noyabr kuni Buxoro tumanidagi 28803-harbiy qismda Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Ushbu tadbir “Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro tuman bo’linmasi, tuman Ichki ishlar bo’limi va 28803-harbiy qism hamkorligida tashkil etildi.





Tadbirda so‘zga chiqqanlar ozod va obod Vatanimiz — O‘zbekistonning bayrog‘i bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash’ala ekani hamda Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli bo‘lish bilan birga millat bayrog‘i ва ғурури sifatida yuksak e’zozlanishi xususida fikr bildirdilar.
Print Friendly, PDF & Email