Kasaba uyushmasi tashkiloti qanday tuziladi?

Agar korxona, tashkilot, muassasada kasaba uyushmasi tashkiloti bo’lmasa u qanday tuziladi?

Agar Siz mehnat qilayotgan korxona, tashkilot, muassasada kasaba uyushmasi tashkiloti bo’lmasa, kamida 5 nafar hamkasblaringiz bilan birgalikda uni tashkil etishingiz mumkin.
Buning uchun qaysi tarmoq kasaba uyushmasiga kirmoqchi bo’lsangiz o’sha tarmoq kasaba uyushmasining ustavi bilan tanishib chiqing.
Shundan so’ng korxona (tashkilot, muassasa) mehnat jamoasining umumiy yig’ilishi (umumiy yig’ilish chaqirishning imkoni bo’lmagan yirik korxonalarda konferentsiya) o’tkazilib, kasaba uyushmasi tashkilotini tuzish va qaysi tarmoq kasaba uyushmasi tizimiga kirish haqida qaror qabul qilinadi.
Yig’ilish (konferentsiyada) shuningdek:
– 15 nafargacha kasaba uyushmasi a’zosini birlashtirgan boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotida – kasaba uyushmasi tashkilotchisi, uning o’rinbosari va g’aznachi;
– 15 va undan ortiq kasaba uyushmasi a’zolarini birlashtirgan boshlang’ich tashkilotda – kasaba uyushmasi qo’mitasi va (agar boshlang’ich tashkilot alohida hisob raqamiga ega bo’lsa) taftish komissiyasi saylanadi.
Boshlang’ich tashkilot tashkil etilgandan so’ng o’n kun muddatda bu haqda qaysi tarmoq kasaba uyushmasiga kirilmoqchi bo’lsa, shu kasaba uyushmasining hududiy tashkilotiga (tuman, shahar kengashi, viloyat birlashgan qo’mitasiga), ular bo’lmagan taqdirda esa – kasaba uyushmasi Respublika kengashiga xabar qilinadi.
Boshlang’ich tashkilotning mazkur xati asosida kasaba uyushmasining yuqori tashkiloti boshlang’ich tashkilotni kasaba uyushmasi xizmatiga qabul qilish, uning hisob raqamini ochish va muhrini tayyorlash to’g’risida qaror qabul qiladi.

Kasaba uyushmasi tashkiloti tuzish uchun kerakli hujjatlar namunalari

 

Print Friendly, PDF & Email