Xalq va armiya – bir tanu bir jondir

   

14 yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni   va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi     munosabati bilan O’zbekiston kacaba uyushmalari Federasiyasining viloyat kengashi marosimlar zalida harbiy vatanparvarlik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirish, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” shiori ostida  madaniy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi.

     Tadbirda O‘zbekiston davlat Filarmoniyasi viloyat bo’linmasining jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar, jozibali raqslar, ayniqsa 76 – son maktabgacha ta’lim tarbiyaianuvchilarining maxsus chiqishlari davra ahliga  o’zgacha taassurot qoldirdi.

    Vatanimiz osoyishtaligi va xavfsizligini, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash yo’lida fidokorona xizmat qilayotgan mudofaa, Qurolli Kuchlar xizmatchilari, harbiylar,  tinchligimiz posbonlarini, barcha yurtdoshlarimizni bayram bilan samimiy tabriklaymiz.Ватанимиз осойишталиги ва хавфсизлигини, чегараларимиз дахлсизлигини таъминлаш йўлида фидокорона хизмат қилаётган мудофаа, Қуролли Кучлар хизматчилари, ҳарбийлар, тинчлигимиз посбонларини, барча юртдошларимизни бугунги қўшалоқ байрам билан самимий табриклаймиз.

Print Friendly, PDF & Email