BUXOROLIK FAXRIY USTOZLARGA EHTIROM KO‘RSATILDI

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Xalq ta’limi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari, shuningdek, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi viloyat tashkilotlari hamkorligida “Ayol borki, olam munavvar” deb nomlangan uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi.

      “Ayolni e’zozlash – ezgulik va adolat mezoni” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” doirasidagi mazkur tadbirda xalq ta’limi tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, Buxoro ta’limi rivojiga munosib ulush qo‘shgan, “O‘zbekiston Respublikasi Xalq o‘qituvchisi” unvoni sohibalari bo‘lgan faxriy Ustozlar aziz mehmon sifatida taklif etildilar.

      Tadbirda ishtirok etgan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafayeva, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi o‘rinbosari Feruza Ibragimova hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Buxoro viloyati bo’yicha mas’ul tashkilotchisi Rayhon Nosirovalar so‘zga chiqib, faxriy Ustozlarimizni bayram bilan tabrikladilar va ularning hayot yo‘llari o‘quvchi-qizlar uchun ibrat maktabi ekanligini alohida ta’kidladilar.

Print Friendly, PDF & Email