Aholini ro‘yxatga olish davrida bino va uy-joylar ro’yxatini tuzishda Registratorlar ishga jalb etiladi

Uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchilar 2022-yil 1-avgustdan 1-sentabrgacha bo‘lgan davrda maxsus o‘qitiladi hamda bino va uy-joylar ro‘yxatini tuzish uchun jalb etiladi.

Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilarni statistika organlari, uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, kadastr idoralari va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari orasidan tanlab olish tuman va shahar hokimliklari tomonidan hududiy statistika organlari bilan birgalikda shartnoma asosida amalga oshiriladi.

 O‘zbekiston Respublikasi hududi shartli ravishda uy-joy ro‘yxatini tuzish uchastkalariga bo‘linadi, bunda uchastka chegaralari o‘rtacha 750 ta yoki 1000 ta uy-joyni qamrab oladi.

Registrator (uy-joy ro’yxatini tuzuvchi) – aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish bosqichida, shahar va qishloq aholi punktlarida yashovchilar soni ko’rsatilgan uy xo’jaliklar ro’yxatlari va tayyorlangan kartografik materiallarni joyiga chiqqan holda o’rganib, aniqlik kiritish (aniq hududdagi uylarning haqiqatda mavjudligini tekshirish) uchun shartnoma asosida jalb etiladigan, maxsus o’quvdan o’tgan, muomala layoqatiga ega voyaga yetgan O’zbekiston Respublikasining fuqarolari hisoblanadi. Har bir uy-joy ro’yxatini tuzish uchastkalariga registratorlar biriktiriladi. Registratorlar faoliyatini tuman (shahar) ro’yxatga olish bo’limi boshlig’i nazorat qiladi. Registratorlar o’z uchastkasini xatlovdan o’tkazish davomida respondentlar yashaydigan yoki yashashi mumkin bo’lgan barcha binolar ro’yxatini aniqlaydi,kartografik materiallarni tekshiradi,ularga tegishli belgi qo’yadi va zarur hollarda o’zgartirishlar kiritish uchun kadastr idoralariga taqdim etadi. Uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchilar sonini shakllantirishda ko‘zda tutilmagan holatlarni (betoblik, baxtsiz hodisalar, yuklatilgan vazifalarni to‘liq bajarmaslik va boshqalar) hisobga olgan holda asosiy tarkibga qo‘shimcha ravishda ish haqi to‘lanmagan holda 5 foiz miqdorida zaxira kadrlar shakllantiriladi. Har bir uy-joy ro‘yxatini tuzish uchastkalariga uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar biriktiriladi. Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar faoliyatini tuman ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i nazorat qiladi.

 

                                         

     Buxoro viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i

Husenjon Fattoev

 

Print Friendly, PDF & Email