Aholini ro‘yxatga olish davrida kimlar respondent hisoblanadi?

                                        

2023-yilning oktyabr-noyabr oylarida aholini ro’yxatga olish O’zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida  o’tkaziladigan, belgilanadigan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi shaxsga doir ma’lumotlarni yig’ish hamda ularga ishlov berish davriy jarayondir. Bu jarayonda aholini ro’yxatga oluvchilar respondentlar bilan bevosita muloqotda bo’lishadi.  
            O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini ro’yxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida bo’lgan  O’zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi. Aholini ro’yxatga oluvchilar respondentlar yashaydigan turar joy va noturar joylarga, binolarga tashrif buyurgan holatda uyma-uy yurib so’rov o’tkazish orqali amalga oshiriladi. Aholini ro’yxatga olishni o’tkazish davrida yashash joyida hozir bo’lmagan yoki voyaga yetmagan respondentlar to’g’risidagi shaxsga doir ma’lumotlar mazkur uy xo’jaligining voyaga yetgan a’zolari tomonidan ma’lum qilinadi. Respondentlar yashab turgan xonadonida ro’yxatdan o’tishni istamasa statsionar uchastkalarga kelib o’tishlari mumkin. Gapirishi va eshitishida nuqsoni bo’lgan respondentlarning shaxsga doir ma’lumotlarini yig’ish tegishli hudud bo’yicha nogironlik jamiyatlarining xodimlari yoki ushbu shaxslar bilan muomala qilish imkoniyati mavjud bo’lgan shaxslar ko’magida amalga oshiriladi.

Print Friendly, PDF & Email