Buxoro davlat universitetida fizika-matematika fakulteti hamda kasaba uyushmasi hamkorligida, o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligiga bag’ishlangan »Til- millat ko’zgusi» deb nomlangan, ma’naviy -ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda talabalar boy ona tilimizni tarannum etuvchi she’r va qo’shiqlar ijro etdilar. Tadbir so’ngida faol ishtirok etgan talabalar kasaba uyushma qo’mitasi raisi tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.