Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi tarmoq tizimidagi korxona va tashkilotlar tomonidan ish joyida jismoniy faollikni rag‘batlantiruvchi ko‘rsatkichlarni o‘rnatish vazifasi keng targ‘ibot qilinmoqda. Shu jumladan, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi tomonidan tayyorlangan infogarfik namunalar asosidagi ko‘rsatkichlar tarmoq tizimidagi korxona va tashkilotlarning kirish eshigi va kirish yo‘laklari yoniga hamda ishchi xodimlarning dam olish joylariga o‘rnatildi. Masalan, Qorako‘l tumanida joylashgan “REAL TEKS QORAKO’L” kalava ip yigiruv korxonasi mehnat jamoasida hozirda 420 nafar ishchi xodim faoliyat olib bormoqda. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan mehnatkashlarning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Ayniqsa, tashkilot va idoralar asosiy yo‘laklari bo‘ylab o‘rnatilayotgan shunday targ‘ibot plakatlari xodimlarning sog‘lom turmush tarziga rioya etishi va jismoniy madaniyatini oshirishida muhim eslatma bo‘lib xizmat qilmoqda.
Матбуот котиби