O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Buxoro viloyat Kehgashi ishchi xodimlari respublikamiz bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Qon donorligi haftaligi” va uning doirasida “Men donorman” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasida faol ishtirok etdilar.
O‘tkazilgan ushbu aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad, tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bolajonlarni qo‘llab-quvvatlash, murg‘ak qalblarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishdan iborat.