Yangi taxrirdagi mexnat kodeksining mazmun -mоhiyati

        O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Vobkent tuman  bo‘linmasi kengashi tomonidan 2023 yil 6 fevral kuni  Vobkent tuman 1-umumta’lim maktabining katta majlislar zalida  “Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi va undagi Jamoa shartnomasiga havolalar” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.O‘quv-seminarda Vobkent tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Po‘latov Mirshod Salimovich, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Buxoro viloyati buyicha mas’ul tashkilotchisi Nosirova Rayxon Kenjaevna, Vobkent tuman xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirlari, Vobkent tumanidagi umumta’lim maktab direktorlari va kadrlar buyicha menejerlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamda kasb-hunar maktablari direktorlari va tarmoq kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi kengashi raisi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

O‘quv-seminar davomida yig‘ilganlarga Vobkent tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Po‘latov Mirshod Salimovich tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksininng mohiyati va ahamiyati tushuntirilishi ishlarini amalga oshirishda kasaba uyushmalari organlari oldida turgan vazifalar”, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Mehnat Kodeksi” ni amalga tadbiq etishning dolzarb masalalari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Buxoro viloyati buyicha mas’ul tashkilotchisi Nosirova Rayxon Kenjaevna Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi va undagi 8-bob Jamoa shartnomasi bobiga alohida to‘xtalib o‘tib tushuntirish berildi. Tadbir davomida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi, kelgusida bunday tadbirlar o‘tkazishni yanada ko‘paytirishni ta’kidlab o‘tishdi.

O‘quv-seminar yakunida tadbirning barcha ishtirokchilariga O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Vobkent tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan yangi tahrirdagi “Mehnat kodeksi” tarqatildi.

Viloyat kengashi matbuot kotibi

Print Friendly, PDF & Email