Jarayonlar davom etmoqda

Viloyat Kengashida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun va mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan  targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

   Unda tizimidagi  Viloyat Kengashi apparat xodimlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika  Kengashlarining viloyat  bo‘yicha  mas’ul tashkilorchilari,  viloyat Kengashlari,  birlashgan qo‘mita,  shahar,  tuman kengashlari  raislari  ishtirok etdi. 

Tadbirda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsman) viloyat bo‘yicha mintaqaviy vakili, senatorXuseynova Abira Amanovnaning ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzada Konstitutsiyaviy islohotlar bilan bog‘liq muhim siyosiy-huquqiy jarayonlar xususida ma’lumot berib o‘tildi. 

Tadbirda Konstitutsiyada yoshlar va ta’lim, gender tenglik, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, erkin axborot olish, ijtimoiy himoya va ekologik huquqlarni, sud tizimlari erkinligi va mustaqilligini ta’minlash, Parlament vakolatlarini yanada kuchaytirish borasidagi yangi o‘zgarishlar alohida qayd etildi. 

Darhaqiqat, xalqimizning, ekspert va mutaxassislarning takliflari, xalqaro va xorijiy davlatlarning tajribasi inobatga olingan holda tayyorlangan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Print Friendly, PDF & Email