Sog ‘lom tanda — sifatli ta’lim

            O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyat Kengashi, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi, viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, viloyat maktabgacha ta’lim va  maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan  tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarining viloyat bosqichi Buxoro Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayorlash markazida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sport musobaqalarini  tashkil etishdan asosiy maqsad, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish, ta’lim muassasalari xodimlarini sport tadbirlariga keng jalb qilish, ular o‘rtasida musobaqalar tashkil qilish, sport infratuzilmasini yaxshilash va zarur sport inventarlari bilan jihozlash, o‘qituvchilarning jismoniy faolligi darajasini oshirish, ta’lim muassasalaridagi sport seksiyalari va to‘garaklari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish,  o‘qituvchilarning bosh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish vazifalari ijrosini ta’minlashdan hamda ta’lim muassasasida o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lish, yoshlarda sport va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ijobiy munosabatni rivojlantirish maqsadida hududlarda ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish orqali ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilardan iborat jamoalarni shakllantirishdan iborat.

Ushbu musobaqaning sektor bosqichida viloyat bo‘yicha 11962  nafar o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Mazkur Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarining natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Qorako’llik spotrsevar o’qituvchilar jamoasi qo‘lga kiritdi va “Kasaba uyushmasi kubogi” sohibi bo‘lib,  30 mln. so‘mlik pul mukofoti hamda 1-darajali diplom, medallar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, mazkur musobaqaning shaxmat, shashka, va stol tennisi  turlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi va unga ko‘ra g‘oliblarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining diplomlari, medallari hamda viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. Natijalarga ko‘ra, sportning voleybol turi bo‘yicha 1-o‘rinni Shofirkon, 2-o‘rinni Vobkent, 3-o‘rinni Kogon tuman jamoalari, mini futbol turi bo‘yicha esa 1-o‘rinni Qorako‘l,  2-o‘rinni G‘ijdivon, 3-o‘rinni Jondor tuman jamoalari g‘olib bo‘ldi.

Musobaqada eng ko‘p sportchi (ishtirokchi) qatnashgan ta’lim muassasasi, faol ishtirok etgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari  viloyat Kengashi tomonidan “Sportni ommalashtirgan eng yaxshi ish beruvchi”, “Eng yaxshi tashkilotchi” nominatsiyalari bo‘yicha Jondor va G‘ijdivon tuman kengashlari munosib taqdirlandi. Musobaqada “Eng yosh ishtirokchi nominatsiyasi”si bo‘yicha Vobkent tumandan Boymurodov Jonibek viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining qimmatbaho sovg‘alari taqdirlandi.

Shuningdek, g‘oliblarni baholashda murabbiylar, hakamlarga va tuman(shahar) kengashlariga Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarining viloyat bosqichida faol ishtiroki uchun viloyat Kengashi tomonidan tashakkurnoma va viloyat maktabgacha ta’lim va  maktab ta’limi boshqarmasining estalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur musobaqaning viloyat bosqichida jami 300 nafar o‘qituvchilar g‘oliblik uchun bellashishdi.

Viloyat matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email