Buxoro davlat universitetida universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xizmatchilari bilan Mehnatni muhofaza qilish qonuni talablari asosida mehnat muhofazasi qonunchiligidagi o‘zgarishlar mavzusida seminar o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Seminar mashg‘ulotida Buxoro davlat universiteti o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor R.Gʻ.Jumayev, Buxoro viloyati kambag‘allik qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi bosh davlat mehnat huquq inspektori S.M.Naimov va shu bosh boshqarma Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori B.B. Gʻafforov, BuxDU KUQ raisi B.B. Qobilov, TTJ mudirlari va fakultetlar tyuterlar ishtirok etishdi.
Mazkur seminarni o‘tkazishdan maqsad, universitet rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlarini “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident tomonidan tasdiqlangan O‘RQ-798 qonuni va “Mehnat qonunchiligidagi o‘zgarishlar” bilan tanishtirish, ularning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir. Universitet o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor R.Gʻ.Jumayev seminarni ochib, qatnashchilar, seminar mavzusi, o‘tkazish asoslari, asosiy maqsadi, tashkilotchilar hamda olib borish tartib bilan tanishtirdi va shuningdek, viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori O‘zbekiston Respublikasining Mehnat qonunchiligidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ishtirokchilarga ma’ruza qildi.
Shuningdek, o‘quv seminari davomida BuxDU Fuqaro va mehnat muhofazasi sektori muhandisi F.F. Boltayev itirokchilarga universitetda mehnat muhofazasi sohasida olib borilayotgan ishlari, majburiy sug‘urta, ish joylari attestasiyasi, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘riqnomalar, ish joyida mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazish tartiblari, bu yo‘riqnoma o‘tkazish bo‘yicha mas’ul rahbarlar va xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.
BuxDU Fuqaro va mehnat muhofazasi
sektori muhandisi F.F. Boltayev