Keng imkoniyatlar

     Joriy yilning 11 may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Buxoro viloyat Kengashining majlislar zalida kasaba uyushmalari faollari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari,“Oqila ayollar harakati” faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 2022 yil 15- dekabrdagi   O’‘RQ — 809-sonli Qonunini amalga oshirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda  oila va xotin-qizlar boshqarmasi xodimi Maxsudova Karomat, viloyat Adliya boshqarmasi bo‘lim mudiri Imomova Zarnigor va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyat Kengashi mehnat huquq inspektori Arslonov Murodjon ma’ruza qildilar va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga  javob berdilar.

Viloyat  kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email