Rahbar va yoshlar uchrashuvi

O‘sib kelayotgan yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni el-yurtimizning fidoyi farzandlari etib tarbiyalash hal qiluvchi ahamiyatga ega. 

Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini hamda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2023-yilda yoshlarga oid siyosatini amalga oshirish yuzasidan rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan biri, 23-may kuni Kogon shahar Temiryo’lchilar istirohat bog’ining faollar zalida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Buxoro viloyat kengashi raisi M.Olimovning yoshlar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Mazkur uchrashuvda viloyat Kengashi raisi, rais o’rinbosarlari, tarmoq kasaba uyushmasi raislari hamda 200 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda viloyat Kengashi raisi yurtimizda kasaba uyushmalari sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, yoshlarimizga yaratilayotgan imkoniyatlar shu bilan birga Yangi O‘zbekistonda yangi  kasaba uyushmalarining o‘rni va sohada erishilayotgan yutuqlar haqida ma’ruza qildi. Uchrashuv davomida shuningdek, kasaba uyushmalari tomonidan  yoshlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish, ularni kasaba uyushmalari faoliyatiga keng jalb etish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali o‘z iqtidor va iste’dodlarini keng namoyon etishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish borasidagi faoliyatlarini yo‘naltirib va muvofiqlashtirib borish maqsadida Yoshlar birlashmasi tashkil etilganligi, uning asosiy vazifalari etib, yoshlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlash, ularning mehnat munosabatlariga oid bilimlarini oshirish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga,  kasaba uyushmalari tizimiga yosh, iqtidorli va intiluvchan kadrlar jalb etilishiga ko‘maklashish etib belgilanganligi, yangilangan Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgarishlar haqida, shu bilan birga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Mehnat  va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasining tashkil etilganligi, yo‘nalishlari  aytib o‘tildi.

Tadbir davomida tumanda turli sohalarda foaliyat yuritib kelayotgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan  savollariga soha vakillari tomonidan javob oldilar.

Uchrashuv davomida mehnat jamoalarida faoliyat yuritib kelayotgan yoshlarga viloyat Kengashi raisi tomonidan savollar berildi va faol ishtirok etgan ishtirokchilarga estalik sovg’alari topshirildi.

 

Viloyat kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email