O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi qaror bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida o‘tkaziladigan «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovi to‘g‘risida Nizom»ga ko‘ra, joriy yilning 1-iyun kuni ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro shahar bo‘linmasi kengashi tasarrufidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida tanlovning 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Shahar bosqichida kasaba uyushma uyushma a’zolari 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlaridan 4 ta, kasaba uyushma uyushma a’zolari 100 nafardan kam bulgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlaridan 17 tasining hujjatlari taqdim etildi. Tanlovda ishtirok etgan barcha tashkilotlar tomonidan kasaba uyushmasi faoliyatiga oid ko‘rgazmalar takshil etilib, taqdimotlar namoyon qilindi. Tashkilotlar faoliyatini baholash O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi Rayosatining 2015-yil 31-mart “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari o‘rtasida o‘tkaziladigan «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovi to‘g‘risida”gi 21-53“s”-sonli qarori haqida” gi qarorga asosan belgilangan mezonlar bilan baholandi. Barcha tashkilotlarning hujjatlari komissiya tomonidan o‘rganib chiqildi va baholandi. Yuz nafardan ortiq kasaba uyushma uyushma a’zolari bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar orasida shahar 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti, yuz nafardan kam kasaba uyushma uyushma a’zolari bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar orasida esa 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kasaba uyushma tashkiloti shahar bosqichi g‘olibi deb topildi va keyingi bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.