Buxoro davlat universiteti jamoasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi o‘rganilib, jamoatchilik orasida keng targ‘ib qilinmoqa. Mazkur masala bo‘yicha universitet rektori O.X.Xamidov universitet kengashi yug’ilishida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada jahon miqyosida ishonch inqirozi kuzatilayotgan bir davrda amaliy hamjihatlik va hamkorlik ruhini saqlash, umumiy manfaatlarni mavjud ziddiyatlardan yuqori qo‘ygan holda, mamlakatlarni jipslashtirish, mamlakatlarimiz va xalqlarimizning bugungi kuni va istiqboli uchun mas’uliyatni har tomonlama chuqur anglash, ochiq va konstruktiv hamkorlikka tayyor barcha tomonlarni global muloqotga jalb etish g’oyasi prezidentimiz tomonidan ilgari surilganligi e’tirof etildi.
Biz huquqiy, dunyoviy, demokratik va ijtimoiy davlat bo‘lmish Yangi O‘zbekistonni barpo etish siyosatini qat’iy davom ettirmoqdamiz. Mamlakatimiz “Inson qadri va manfaatlari uchun” degan ezgu g‘oya asosida demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar yo‘lidan dadil ilgarib borilayotganligi, mana shunday huquqiy asosda “O‘zbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasini qabul qildiganligi ta’kidlandi.
Ma’ruzada mamlakatimizda majburiy va bolalar mehnatiga to‘liq barham berilganligi, oldinlar 1-oktabr “Uztoz murabbiylar kuni” ni paxta dalasida nishonlaganlarimiz eslandi. Inson kapitalini rivojlantirish va kreativ yosh avlodni tarbiyalash – O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan strategik vazifalardan biridir. Hamma uchun ochiq va sifatli ta’limni kambag‘allikka barham berish, xalq farovonligini oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishning eng samarali omili ekanligi professor o’qituvchilarimiz oldiga mas’uliyatni yanada oshirishi ta’kidlandi.
Prezidentimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi mazmun mohiyatini butun jamoaga, talaba-yoshlarga yetkazish, ommaviy axborot vositalarida professor-oqituvcholarning chiqishlarini tashkil qlish vazifasi berildi.