Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida oʻqituvchilarning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini ommalashtirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini eʼlon qilingan edi.
Kuni kecha mazkur tanlovning Buxoro viloyat bosqichi yakunlandi. Bunda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilarning ijodiy ishlari ko‘rib chiqilib, belgilangan mezonlar asosida munosib baholandi.
Natijalarga ko‘ra, ona tili bo‘yicha Jondor tumanidagi 1-maktab o‘qituvchisi Saltanat To‘xtamisheva 1-, Rоmitan tumanidagi 1-IDUM o‘qituvchisi Nilufar Rustamova 2-, Shofirkon tumanidagi 3-maktab o‘qituvchisi Gulmehra Barotova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘zbek tili bo‘yicha esa Gʻijduvon tumanidagi 21-maktab o‘qituvchisi Laylo Karimova 1-, Buxoro shahridagi 13-maktab o‘qituvchisi Sarvinoz Daniyarova 2-, Buxoro tumanidagi 2-maktab o‘qituvchisi Mehribon Furqatova 3-o‘ringa munosib topildi.
Joriy yilning 12-oktabr kuni Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma mas’ullari hamda O`zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Buxoro viloyat bo`yicha mas’ul tashkilotchisi Rayhon Nosirova ishtirok etib, tanlovning dolzarbligi va ahamiyati xususida alohida to‘xtaldilar.
Viloyat kengashi matbuot kotibi