O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyat Kengashi tomonidan “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi yakunlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi va shuningdek, “Xodimlar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilishida jamoatchi vakillarning roli” mavzusida tarmoq boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida saylangan jamoatchi vakillar uchun amaliy-seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda Federatsiyaning Buxoro viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari H. Beshimov, Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri S.Ergashev, kengashning Mehnat texnik inspektori H.Barnoevlar ishtirok etdi. Mutaxassislar tomonidan har bir jamoada xodimlar uchun xafvsiz sharoitlarning yaratilishi va shu bilan birga, mehnat jarayonida insonning sogʻligʻi, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, teхnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari mavjud sharoit yaratilishi haqida aytib o‘tildi.