
Buxoro davlat universiteti ma’muriyati hamda universitet kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi, hamda 2024 yil uchun qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish muhokamasiga bag‘ishlangan universitet jamoasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiyada O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Buxoro viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi R. Nosirova, Buxoro davlat universiteti ma’muriyati hamda jamoaning ishchi- xodimlari va talabalar kasaba uyushma qo‘mitasi ishtirok etdi.

2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2023- yilda bajarilishi bo‘yicha universitet rektori va kasaba uyushma qo‘mitasi raisining hisobotlari tinglandi, hamda jamoa shartnomasiga 2024- yil uchun qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish muhokama qilindi. Shuningdek mazkur yig‘ilish davomida tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan javob berildi.
Konferensiya so‘ngida tegishli qarorlar qabul qilindi.