Xalqaro mehnat tashkiloti va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida 12 iyun – Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan tadbirlar har yili tashkil etiladi. Xususan, 2024 yilning 11 iyun kuni Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan “Romitan” oromgohida sana munosabati bilan “Bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha o‘z majburiyatimizni bajaraylik!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilariga Xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusiga ko‘ra har yili 12 iyun barcha davlatlarda Butun jahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni sifatida keng nishonlanishi, joriy yilda mazkur kunga bag‘ishlangan tadbirlar dunyo bo‘ylab o‘tkazilayotganligi hamda mamlakatimizda bolalar xuquqlarining ta’minlanishi batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir dasturiga asosan oromgohda rasm chizish tanlovi, kelajakdagi kasblariga oid rasmlar ko‘rgazmalari guruhlarga bo‘lingan holda musobaqalar tashkil etildi.
Tadbir so‘ngida 1,2,3-o‘rinlarni olgan tanlov g‘oliblari hamda faol ishtirok etgan barcha bolalar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyat kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.