O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Buxoro viloyat kengashi va O‘zbek telekom AK viloyat kasaba uyushmasi xamkorlikda joriy yilning 23 iyul kuni Buxoro shahrida joylashgan “Yosh aloqachi” oromgohida o‘g‘il-qizlarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Besh tashabbus-besh imkoniyat!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston axborot texnologiyalari ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mehnat texnik bosh inspektori Ravshan Naraliyev, bolalarning dam olishini va sogʻlomlashtirishni tashkil etish departamenti monitoring boʻlimi bosh mutaxassisi N.Abduraximov va shuningdek viloyati kengashi raisi oʻrinbosari A.Akramova va ommaviy axborot vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida “Besh tashabbus-besh imkoniyat!” yo‘nalishlari bo‘yicha oromgoh dam oluvchilarini sportga, san’atga, til o’rganishga bo‘lgan iste’dodlarini namoyish etuvchi tanlovlar, sport musobaqalari, kitobxonlik hamda kompyuter savodxonligi bo‘yicha madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida ijodkor bolajonlar o’rtasida “Oromgoh-qaynoq ijod maskani!” mavzusida rasmlar “Moxir kamonchilar” tanlovlarii o’tkazildi. Unda faxrli o’rinlari egallagan o‘g‘il-qizlarga tashkilotchilarning faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.