«11-Noyabr-kasaba uyushmalari kuni» munosabati bilan “Ochiq muloqot”

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakati boshlanganligining  120 yilligi oldidan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyishmasi Respublika Kengashi raisi F.R. Xanapiyaev, viloyat kengashi raisi M.Olimov,  viloyati tarmoq tizimidagi kasaba uyushma faollari hamda xodimlari ishtrokida joriy yilning 7- noyabr kuni viloyat kengashi katta majlislar zalida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

11-noyabr «Kasaba uyushmalari kuni» umumxalq bayramini nishonlash hamda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi-O‘zbekiston Respublikasi «Tibbiyot xodimlari» kuni kasb bayramlarini yurtimizda keng nishonlab kelinmoqda. Jamiyatimizning barcha jabhalari singari, tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz salomatligini mustahkamlash, zamonaviy davolash va profilaktika tadbirlari, erta diagnostika samaradorligi shuningdek, sohadagi xalqaro hamkorlik samaradorligi, soha vakillarining chet davlatlarga borib, har bir soha mutaxassislarini tajribalar almashinuvi, tibbiyot kadrlarni tayyorlash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar taqsinga loyiq.

«Ochiq muloqot» davomida Respublika Kengashi Xanapiyaev, tadbir ishtrokchilarini qo‘shaloq bayramlar bilan  samimiy muborakbod etib, sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar va shu bilan birga tizimda tubdan takomillashib borayotgan yangiliklar haqida soha vakillariga axborot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi 2020 yil 23 noyabrdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi 648-sonli Qonuniga muvofiq,
11 noyabr – “O‘zbekistonda kasaba uyushmalarining rasmiy kuni” sifatida belgilandi. Mana to‘rt yildirki, mazkur sana “Yangi O‘zbekiston – Yangi Kasaba uyushmalari” g‘oyasi ostida keng jamoatchilik, kasaba uyushmalari faollari hamda uning a’zolari tomonidan kasb bayrami sifatida nishonlab kelinmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda Buxoro viloyatida  tibbiyot muassasalarida   56 686  nafar sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi a’zolari faoliyat olib bormoqda.

 

Tadbir so‘ngida “11 noyabr kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan bir guruh soha vakillari, faxriylar sog‘likni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro viloyati Kengashining estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email