Yangi O‘zbekiston — yangi kasaba uyushmalari

So‘nggi 8 yil davomida muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli va tizimli islohotlar natijasida katta o‘zgarish va salmoqli natijalarga erishildi.

Prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2020 yilda bo‘lib o‘tgan 8-Qurultoyi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida mustaqil davlatimiz tarixida ilk bora 11 noyabrni “Kasaba uyushmalari kuni” etib belgilash taklifi bildirilishi va  “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi kasaba uyushmalari hayotida unutilmas voqea sifatida tarixga muhrlandi.

Muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida xalqni rozi qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan harakatlar va tashabbuslar mamlakatimiz dovrug‘ini Yangi O‘zbekiston nomi bilan butun dunyoga taratmoqda. Ana shunday izchil islohotlar va yangilanishlar jarayonida mamlakatimizdagi eng yirik jamoat tashkiloti bo‘lgan kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etib kelmoqda.

11 noyabr — “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati      bilan  2024 yil noyabr oyining birinchi dekadasi o‘n kunligi davomida “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” degan g‘oya asosida barcha mehnat jamoalarida  tadbirlar tashkil etilmoqda.

Sana munosabati bilan Buxoro viloyat kengashining tashabbusi bilan “SofiNur”  marosimlar  zalida  viloyat hokimi o‘rinbosari, kasaba uyushma faollari, hamkor tashkilot vakillari, soha faxriylari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston-yangi kasaba uyushmalari” tantanali madaniy tadbir  bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir davomida mehnatkashlarning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish va ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirishda qo‘shgan ulkan hissasi, boy bilim va hayotiy tajribasi tufayli xalqimiz turmush farovonligini oshirish, yosh avlodni munosib tarbiyalashdagi fidoiyligi, kasaba uyushmalari bilan yaqin hamkorligi hamda “11 noyabr kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan bir guruh hamkorlarimiz O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyati kengashi tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

Mazkur madaniy tadbirda viloyatimizning taniqli, mashhur san’at ustalari  o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirokchilarga ko‘tarinki  kayfiyat bag‘ishladi.

Kasaba uyushmalarining a’zolari Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash yo‘lida yanada  fidokorona, tinmay ishlashga  bel bog‘ladilar, bu yurtga bayramlar, quvonchli kunlar yarashadi. O‘zbekistonimizni yuksak rivojlangan davlatlar qatorida ko‘rish va bunda har birimizning munosib hissamiz bo‘lishiga erishish yo‘lida mehnat qilish eng oliy baxtdir.

  Bayramingiz muborok bo‘lsin aziz mnehnatkashlar!                                                         

 

Print Friendly, PDF & Email