O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan kasaba uyushmalari tizimida mehnat qilgan faxriylar va xodimlar, yetuk mutaxassislardan iborat tuzilgan Ishchi gurux tomonidan O‘zbekiston Milliy arxivi, O‘zbekiston Kinofotofono xujjatlari Respublikasi Administratsiyasi arxivi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti, Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston tarixi muzeyi va boshqa qator ilmiy muassasalar, Sankt-Peterburg shahridagi Rossiya davlat tarixi arxivi fondi hamda Rossiya milliy kutubxonasida 1000dan ortiq tarixiy hujjatlar shuningdek, o‘tgan asrning boshida chop etilgan «Turkiston», «Ishchilar dunyosi», «Xurshid», «Taraqqiy» va «Samarqand» gazetalarining 200 dan ortiq sonlari o‘rganilib atrofilicha chuqur tahlil etildi.
Natijada o‘lkamizda ilk kasaba uyushmalari tashkiloti 1905 yilda temir yo‘l ishchilari va aloqa xodimlari tomonidan tashkil etilgani aniqlandi. Jumladan, 1905 yilning kuzida aniq faktlar asosida Turkiston temir yo‘l uyushmasi tashkil etilib, 1906 yilning boshida O‘rta-Osiyo va Orenburg-Toshkent temir yo‘llarining 8 ming nafar ishchi-xodimlarini o‘zida birlashtirgan, 1905 yilning 13-20 dekabr kunlari O‘rta-Osiyo temir yo‘llari ishchi va xizmatchilarining birinchi Qurultoyi o‘tkazilib, unda
1906 yil yanvar oyidan boshlab 8 soatlik ish kunini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan, 1906 yilning 1 iyulida Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘rta-Osiyo va Orenburg-Toshkent temir yo‘lchilarining birlashgan birinchi Turkiston Qurultoyida O‘rta-Osiyo va Orenburg-Toshkent temir yo‘llari ishchi-xodimlarining Ustavi qabul qilingan. 1905 yilning 24 oktabrida Toshkentda Pochta-telegraf ishchilarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazilib, unda Pochta-telegraf uyushmasining Turkiston bo‘limini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan va ishlarni boshqarish uchun qo‘mita azolari saylangan. Ilmiy o‘rganish va tarixiy-nazariy taxlillar natijasida mamlakatimizda ilk kasaba uyushmalari harakati 1905 yilda boshlanganligi va kelgusi yilda 120 yil bo‘lishligi tarixiy xujjatlar hamda aniq manbaalar asosida to‘liq isbotini topdi.