Бой таасуротлар билан қайтдик

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida Agrosanoat majmui, Ta’lim va fan, Madaniyat, sport turizm xodimlari tarmoq kasaba uyushmalari ishchi-xodimlari va ularning oila a’zolari buyuk tarimizdan so’zlaguvchi, qadimiy Xorazm viloyatining Xiva va Urganch shaharlariga sayohat tashkil etildi. 2 kunlik zavqli sayohat davomida sayohatchilar Xiva va Urganch shaharlarida boʼlib,  Ichan-qalʼa va undagi ulugʼ,  tarixiy qadamjolar, Niyoz Muhammad Oxunbobo maqbarasi va bir qator obod manzillar bilan bevosita tanishishdi.

  • Мazkur sayohatdan  olam-olam taasurotlar oldim va  yurtimizning boy qadimiy tarixi naqadar yuksak ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim deydi, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi a’zosi N.Boboqulova.

Bunday sayohatlarni tashkil qilishdan maqsad ichki turizmni rivojlantirish,  keng va bebaho tariximiz bilan yanada yaqindan tanishish,  inson qalbida milliy va maʼnaviy ruhiyatni boyitish qatorida vatanga, tarixga boʼlgan muhabbat hamda sadoqatni shakllantirishdan iborat.

Print Friendly, PDF & Email