Kasaba uyushmasi qo‘llovi – ustozlarga yangicha shijoat bag’ishlaydi

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bosh maqsadi – inson manfaatlarini himoya qilish, uning munosib hayot kechirishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat. Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, yangi qonun va qarorlar aynan shu ezgu g‘oyaga xizmat qilmoqda. Zero, qonun va huquqiy tartib jamiyat hayotining poydevori, taraqqiyotning kafolatidir.

        Shu jarayonda kasaba uyushmalarining o‘rni ham beqiyosdir. Ular nafaqat xodimlarning huquqlarini himoya qilish, balki ularga turli imtiyozlar, ijtimoiy kafolatlar yaratishda ham faol ishtirok etmoqda. Ta’lim sohasida xizmat qilayotgan biz o‘qituvchilar, bu mehribonlik va e’tiborning samarasini bevosita his qilib kelmoqdamiz.

       O‘zbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shofirkon tuman kengashi bo‘linmasi tomonidan menga “SITORAI MOHI-XOSA” sanatoriyasiga yo‘llanma berilgani buning yaqqol misolidir. Mazkur sixatgohning shart-sharoitlari, soha vakillaining  iliq munosabatlari, zamonaviy uslubda  jixozlangan  xonalarning qulayliklari menga juda ma’qul bo’ldi. Ushbu imkoniyat orqali sog‘ligimni tiklab, dam olib, yangi o‘quv yilini yangicha ruh va shijoat bilan boshlash baxtiga muyassar bo‘ldim. Bunday e’tibor nafaqat men, balki minglab ustozlar qalbida cheksiz minnatdorlik tuyg‘usini uyg‘otadi , balki  biz ustozlarning o‘z ishimizga  kelajak yosh avlodni yetuk barkamol avlod qilib tarbiyalashla yanada kuch bag‘ishlab, bunday e’tibor, mehr va g‘amxo‘rlik bizning kuchimizni, fidoyiligimizni yanada oshiradi.

Shofirkon tuman 25-son maktab Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Egamova Anora Xoliqovna

Print Friendly, PDF & Email