
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz to’rt yilligi va kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda barcha mehnat jamoalarida bir qator madaniy-ma’rifiy, sport tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat kengashida Transport, yo‘l va kapital qurulish, qurulish industriyasi tarmoq tizimidagi mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan kasaba uyushma faollari ishtrokida ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi. Ma’rifat soati davomida mustaqillikning xalq va jamiyat hayotidagi o‘rni, erishilgan yutuqlar, olib borilayotgan izchil islohatlar zamirida inson qadri, ishchi-xodimlarda Vatanga sadoqat, mehnatga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, islohotlarning ishlab chiqarish, ijtimoiy hayot va inson farovonligiga ta’sirini yoritish to‘g‘risida viloyat kengashi raisi o‘rinbosari H.Beshimov ma’ruza qildi, barcha ishtirokchilarni ulug‘ ayyom bilan muborakbod etdi. Tadbir so‘ngida tizimda fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh soxa vakillari tashukkurnoma va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

