
Sayohat nafaqat dam olish, balki insonning tafakkurini kengaytirish, hayotga bo‘lgan qarashlarini boyitish vositasidir. Yozdagi safarlar insonni tabiatga yaqinlashtiradi, qalbga xotirjamlik bag‘ishlaydi.
Mana shunday yoz kunlarida xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, respublikamizning so‘lim tabiatidan baxramand etib, ish samaradorligini yanada yaxshilash maqsadida Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyat filiali tuman-shaxar bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolari uchun iyun-avgust oylarida respublikamizning go‘zallik va sokinlik maskanlari Miraki, Zomin va Amirsoy dam olish maskanlariga sayohatlar tashkil etildi.


— Yozning issiq kunlarida Zomin dam olish maskanidagi sayyohlarni o‘ziga jalb qiluvchi tabiiy va madaniy boyliklarga ega bo‘lgan mashhur hududning boy havosi, muzdek va yo‘g‘on daraxtlar soyasidagi salqinlik, yashil olam, ayniqsa milliy taomlarining mazzasi biz sayohatchilarga o‘zgacha kayfiyat bahishladi. Jamoamiz bilan 3 kunlik tashkil etilgan mazkur sayoxatdan katta taasurotlar bilan qaytdik, — deydi D.Qosimova Markaziy TTYO bo’limi shifokori.
