
Buxoro shahridagi 4-son Bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi viloyat birlashgan qo‘mitasi hamda Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi hamkorligida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi” munosabati bilan “Milliylikni tarannum etib” viloyat ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirni birlashgan qo‘mita raisi D. Temirova hamda Buxoro viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i V. Niyozovlar ochib berib, ishtirokchilarga tanlovda omad va yuksak ijodiy natijalar tiladilar.

Tanlov uch yo‘nalishda — An’anaviy xonandalik, Milliy raqs hamda Milliy musiqa ijrochiligi bo‘yicha tashkil etildi. Har bir yo‘nalishda yosh ijrochilar o‘z mahoratini namoyon etib, milliy san’atimizning o‘ziga xos jozibasini ifoda etdilar.


Tanlov yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar birlashgan qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar hamda faxriy yorliqlar topshirildi.

