
«3 dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash kuni» munosabati bilan viloyat kengashi tashabbusi bilan Buxoro shahridagi “Murruvat bolalar uyi”da hissiyotli va ma’naviy ahamiyatga ega tadbir o‘tkazildi. Tadbir doirasida hududni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida mevali ko‘chatlar ekilib, bolalar uchun yanada sog‘lom va go‘zal muhit yaratishga hissa qo‘shildi.





Shuningdek, “Murruvat bolalar uyi” tarbiyalanuvchilariga zarur gigiena vositalari topshirildi. Ushbu xayrli ish xalqimizga xos bo‘lgan mehr-shafqat, saxovat va ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash an’analarining amaldagi ifodasi bo‘ldi.
Viloyat kengashi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish, ularning hayot sifatini yaxshilash, shuningdek, ommaviy-madaniy va xayriya tadbirlarini muntazam tashkil etish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.


