Soha vakillariga bayram sovg’alari topshirildi

       O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Buxoro viloyati Kengashida Yangi yil bayrami arafasida tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda uzoq yillar davomida kasaba uyushmalari tizimida fidokorona mehnat qilgan, bugungi kunda ham o‘z bilim va tajribalari bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan kasaba uyushma faxriylari hamda soha  xodimlariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining yangi yil bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

       Mazkur tadbirda Buxoro viloyati Kengashi raisi M.Olimov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqovning samimiy tabrik va ezgu tilaklarini yetkazdi. Kengash raisi yig‘ilganlarni  kelayotgan Yangi yil bilan muborakbod etib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangilanish va taraqqiyot jarayonlarida kasaba uyushmalari eng yirik jamoat tashkiloti sifatida faol ishtirok etayotganini alohida ta’kidlab bayram sovg‘alarini topshirdi.

Print Friendly, PDF & Email