
Buxoro davlat texnika universiteti xodimlari hamda Xodimlar va talabalar Kasaba uyushmasi hamkorligida Buxoro shahrida joylashgan 24-son “Nurli Maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif uyushtirildi.
Mazkur tashrif davomida maktab-internat tarbiyalanuvchilari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning ta’lim-tarbiya jarayoni, yashash sharoitlari va kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Tadbir davomida bolalarga e’tibor va mehr ulashilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.