E’LON

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyat Kengashi tomonidan Ijroiya qo‘mitasining 2026 yil 16 yanvardagi 3-1 “s”-sonli qaroriga asosan “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish” yuzasidan Respublika ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi o‘tkaziladi.

Ko‘rik-tanlovning maqsadi — xodimlar uchun sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish, mehnat muhofazasi to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda kasaba uyushmalari faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat.

Tanlov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2017 yil 20 noyabrdagi 8-108 “s”-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.

Ishtirok etuvchi korxona, tashkilot va muassasalar 20 martga qadar hududiy kasaba uyushmalari kengashi komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • ko‘rik-tanlovda qatnashish to‘g‘risidagi qaror nusxasi;
  • mehnat muhofazasi va xavfsizligi holatini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar;
  • kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar ;
  • mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil faoliyati;
  • yosh mutaxassis faoliyati ;
  • mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, jamoa shartnomasi ijrosi va sarflangan mablag‘lar haqida tahliliy ma’lumotlar.

Baholash mezonlarini Buxoro viloyat, tarmoq, tuman (shahar) hamda boshlang‘ich kasaba uyushmalari kengashlaridan olish mumkin.

Ko‘rik-tanlovning birinchi bosqichi g‘oliblari 28 aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan tantanali ravishda taqdirlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 99 744 78 11 — Amonov Azizjon Rahmatovich
+998 99 770 69 15 — Barnoev Hayitbek Farhodovich

Print Friendly, PDF & Email