
Ta’lim sohasi xodimlarining huquqiy himoyasini ta’minlovchi asosiy hujjat jamoa shartnomalarini yangi davr uchun sifatli tayyorlash maqsadida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Gʻijduvon tuman bo‘linmasi kengashi tashabbusi bilan boshlang‘ich tashkilot raislari ishtirokida o‘quv-uslubiy mashg‘ulot tashkil etildi.
📖Muloqot ruhida o‘tgan seminarda kasaba uyushmasining roli alohida ta’kidlandi. Jumladan, ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, jamoa shartnomasi orqali xodimlarga beriladigan imtiyoz va kafolatlar ko‘lamini kengaytirish, xodimlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Shuningdek, kasaba uyushmasi tomonidan jamoa shartnomasining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, xodimlar manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
