Muhim masalalar muhokamasi

Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025 yildagi ijrosi tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda maktab direktori D. Allanazarova tomonidan mehnat sharoitlarini yaxshilash, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoada barqaror muhitni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi. Boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi M. Ro‘zieva esa jamoa a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, shartnoma bandlari ijrosini ta’minlash hamda ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha olib borilgan faoliyat haqida axborot taqdim etdi.

Qayd etilganidek, jamoa shartnomasi asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni joriy etish, fan xonalarini jihozlash, o‘quvchilar uchun qo‘shimcha to‘garak va loyihalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek o‘qituvchilar malakasini oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Muhokamalar davomida jamoa shartnomasining xodimlar uchun kafolat va imtiyozlarni ta’minlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Yig‘ilish yakunida 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan yangi jamoa shartnomasi qabul qilinib, uning samarali ijrosini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda tuman kengashi raisi U. Atoyev ishtirok etib, jamoa shartnomasi mehnat jamoasida o‘zaro ishonch va hamjihatlikni mustahkamlovchi muhim huquqiy hujjat ekanini ta’kidladi.

Print Friendly, PDF & Email