Yangi qaror yaratayotgan shaffof tartib

“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialida “Hududgaztaʼminot” AJning 2023–2025-yillarga moʻljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi bajarilishi yuzasidan mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashkiliy ishlar bo’limi mudiri, “Hududgazta’minot” AJ Birlashgan Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi, Kasaba uyushmalari federatsiyasining Buxoro viloyat Kengashi raisi o’rinbosari hamda gaz ta’minoti filiali rahbari, filial Boshlang’ich Kasaba uyushmasi raisi, tuman va shahar gaz ta’minoti bo’limlaridan saylangan delegatlar ishtirok etishdi.

 

Konferensiya dasturiga ko’ra dastlab 2023-2025-yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi to’g’risida gaz ta’minoti filiali direktori va Boshlang’ich Kasaba uyushmasi raisining hisoboti tinglandi. Hisobot davomida xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularning ijtimoiy himoyasiga e’tibor qaratish, ish samaradorligini kuchaytirish borasida olib borilgan amaliy ishlar to’g’risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, “Hududgazta’minot” AJning 2026-2028-yillar uchun mo’ljallangan jamoa shartnomasi loyihasining muhokamasi haqida qayd etildi. Jamoa shartnomasining sifatli ijrosini taʼminlash maqsadida kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir yakunida esa “Hududgazta’minot” AJ mehnat jamoasining konferensiyasiga delegatlar saylandi.

Print Friendly, PDF & Email