Muhim vazifalar muhokama qilindi

   Joriy yilning 31 mart kuni Jondor tuman tibbiyot birlashmasi ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi yuzasidan mehnat jamoasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

  Konferensiyada O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro viloyat kengashi raisi I.S.Hodiyev, Federatsiyaning Buxoro viloyat kengashi bo’lim mudiri S.Ergashev hamda delegatlar ishtirok etdi.

    Konferensiyada ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi raisining hisobotlari tinglandi, jamoa shartnomasi bajarilishini nazorat qiluvchi komissiya dalolatnomasi o‘qib eshittirildi.

    Shuningdek, 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan yangi jamoa shartnomasi loyihasi muhokama qilinib, delegatlar tomonidan ma’qullandi.

    Konferensiya yakunida jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi “qoniqarli” deb baholandi.

Print Friendly, PDF & Email