Ishchi-xodimlar va yoshlar — kasaba uyushmasi e’tiborida!

Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasining boshlang‘ich tashkiloti raisi, soha faollari hamda yoshlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir BOSSO TEKS MCHJ tashkiloti xodimlari o‘rtasida tashkil etildi.

Uchrashuvda tarmoq va tadbirkorlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, xodimlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga turli imtiyozlar taqdim etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ayniqsa bayram oldi kunlarida xodimlarning kayfiyatini ko‘tarish, ularning bayram tadbirlarida faol ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirlar xodimlarda ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otib, ularning ish faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu esa jamoadagi muhitning yanada yaxshilanishiga xizmat qildi.

Natijada, ayniqsa bayram oldi davrida xodimlarning kayfiyati yuqori darajaga ko‘tarilib, ularning faolligi yanada oshdi.

Print Friendly, PDF & Email