1989-yil, 21-oktabr o‘zligimiz, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnimiz borligining kafolati bo‘lgan ona tilimiz – o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun! Ya’ni, o‘zligini, o‘z tilini asrash yo‘lida jonini fido qilgan ne-ne allomalarimizning orzulari ro‘yobga chiqqan kun!
Sana munosabati bilan yMarkaziy bank Buxoro viloyat bosh boshqarmasida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan «Til — millat ko‘zgusi» mavzusida ma’rifat soati tashkil etildi. Mazkur tadbirda Buxoro davlat Pedagogika instituti dotsenti Gulboev Akbar To‘xtaevich, Davlat muasasalari jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi raisi B.Baxromovlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida ma’ruzachilar tinglovchilarga azaliy qadriyatlarimiz gultoji bo‘lgan ona tilimiz asrlar sinovidan bezavol o‘tib kelayotgan buyuk va bebaho ma’naviy boyligimiz ekanligi, O‘zbek tili dunyodagi qadimiy, go‘zal va boy tillardan biri hisoblanadi. Tilimizdagi hayo, ibo, andisha, oriyat, mehrni yozuvchilarimiz asarlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lug‘atit turk» kitobi, Ahmad Yassaviyning hikmatlari, Alisher Navoiyning «Xamsa»si, Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma»si, Abdulla Qodiriyning betakror romanlari-oqibat so‘zlarini boshqa tilga aynan tarjima qilib bo‘lmaydi. Ularni faqat o‘zbek tilida ifodalash mumkinligi haqida ma’ruza qildilar.