Joriy yilning 6 noyabr kuni viloyat axborot-kutubxona markazida ommaviy axborot vositalari vakillari, korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan mehnat jamoalaridagi yosh kasaba uyushmasi xodimlari va faollari ishtirokida 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan «Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyat kengashi raisi M. Olimov ishtirok etib, barcha tadbir ishtirokchilarini 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan muborakbod etdi.
Viloyat kengashi raisi M. Olimov ishtirokchilarga 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan sohada o‘tgan davr mobaynida kasaba uyushmalari tomonidan keng ko‘lamli va tizimli islohotlar natijasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’ruza qildi.
Ma’lumot o‘rnida, viloyatimizdagi korxona, tashkilot va muassasalarda hozirda 139102 nafar yosh kasaba uyushmasi a’zolari faoliyat yuritmoqda.
Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatimizdagi o‘rnini oshirish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan faol yoshlarga har yili kasaba uyushmalari stipendiyasini ajratish hamda kasaba uyushma a’zosi bo‘lgan faol yoshlar uchun sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Shu munosabat bilan uchrashuv davomida 2024 yilda “Kasaba uyushmalarining stipendiyasi” va sog‘lomlashtirilishi uchun sihatgohga bepul yo‘llanmani qo‘lga kiritgan munosib yoshlar viloyat kengashining sertifikatlari bilan taqdirlandi.
Shundan so‘ng, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida uchrashuv yakunida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyati kengashi jamoasi va mehnat jamoalaridagi yosh xodimlar ishtirokida viloyat axborot-kutubxona markazi bog‘ida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdilar.