Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyat filiali kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan “Tibbiyot xodimlari kuni” hamda “Kasaba uyushmalari kuni” bayramlari munosabati bilan xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, ularning bo‘sh vaqtlarini sport bilan o‘tkazishlarini tashkil etish maqsadida kasaba uyushma sovrini uchun “SPORT BILAN HAMNAFAS!” shiori ostida sportning shaxmat, shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha ishchi-xodimlar ishtirokida musobaqalar o‘tkazildi.
Musobaqalarni Respublika TTYoM Buxoro viloyat filiali direktori o‘rinbosari X. Nasriyev, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro viloyat kengashi raisi I. Xodiyev hamda RTTYoMBVF boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi J. Kadirovlar kirish so‘zi bilan boshlab berishdi.
O‘tkazilgan qizg‘in musobaqalarda 100 dan ortiq xodimlar ishtirok etdi. Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda G‘ijduvon, Kogon tuman tez tibbiy yordam bo‘limlari va ikkinchi TTYo bo‘limi xodimlari hamda ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda Shofirkon, Romitan tuman TTYo bo‘limlari, markaziy va “CALL markaz” TTYo bo‘limlari xodimlari faxrli o‘rinlarni egallashdi hamda esdalik sovg‘alari va diplom bilan shuningdek, Olot, Qorako‘l hamda Jondor tuman TTYo bo‘limlari xodimlari “Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi” hamda “Eng tashkilotchi ishtirokchi” nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Barcha ishtirokchilar birdek mamnun, xush kayfiyatda musobaqalar ko‘tarinki ruhda yakunlandi.