Kasaba uyushma tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan qator madaniy-marifiy, sport va shuningdek vaatanparvarlik tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Buxoro viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Buxoro viloyat boshqarmasi, 9116-sonli hamda 9204-sonli hamda 28803-sonli harbiy qismlarida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarga viloyatdagi Jamoatchilik Kengashi targ‘ibot-tashviqot guruxlari ishtiroki ta’minlandi. Ushbu tadbirlarga 800 nafardan ortiq ishchi xodimlar ishtiroki ta’minlandi.
Tarmoqlar tizimidagi mehnat jamoalarida harbiy qismlarda xizmat qilayotgan yoshlar bilan davra uchrashuvlari, “Harbiy qismda bir kun” shiori ostida ma’naviy-vatanparvarlik, sport tadbirlari bo‘lib o‘tdi.Tadbirlarda 4800 nafar ishchi-xodimlarning ishtiroki ta’minlandi.
O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti va mustaqilligini himoya qilishda xizmat majburiyatini bajarish vaqtida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami 68 nafar harbiy xizmatchilarning oila a’zolari xolidan xabar olinindi.
Vatan – muqaddas dargoh. Uni himoya qilish, dushmanlardan asrash, ravnaqi va farovonligi yo‘lida xizmat qilish har bir musulmon uchun ham farz, ham qarzdir. Vatan himoyasida faqat harbiy kishilar emas, balki shu zaminda yashayotgan barcha fuqarolar – o‘qituvchi yoki shifokor bo‘ladimi, tadbirkor yoxud bog‘cha tarbiyachisi bo‘ladimi, qaerda bo‘lmasin o‘z Vatanini himoya qilishi kerak.