2025 yil kasaba uyushmalarida “Hisobot-saylovlar yili “ munosabati bilan joriy yilning 21 yanvar kuni Shofirkon tumandagi “Barkamol avlod bolalar maktabi”da o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Shofirkon tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri M.Tolibov, tumani kengashi raisi X. Hakimov va barcha qo‘mita raislari ishtirok etdi.
Mazkur seminar davomida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shofirkon tuman bo‘linmasi kengashi raisi X. Hakimov tomonidan seminar qatnashchilariga boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar, qo‘mita a’zolarini saylash tartibi, hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Shuningdek ishtirokchilarga tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan yuqori tashkilot qarorlari “hisobot saylov yig‘ilishlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi “Nizom” va uslubiy qo‘llanmalar tarqatildi.