Navoiy yodila yashaymiz mudom

Shofirkon tuman 28- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida  kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusi bilan  Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosobati bilan «Navoiy yodila yashaymiz mudom»deb nomlangan g’azalxonlik kechasi bo’lib o’tdi. Tadbir DMTT pedagoglari o’rtasida bellashuv tarzida o’tkazildi. Tadbir  ishtirokchilari «Eng yaxshi g’azalxon» , «Eng yaxshi milliy raqs ijrochisi»,  «Hikmatlar sharhi»hamda Navoiy asarlaridan «Eng yaxshi sahna ko’rinishi» shartlari bo‘yicha bellashdilar.T adbir ko’tarinki ruhda o’tdi.Tadbirda so’z olgan qatnashchilar Navoiyning o’lmas ijodi, ibratli hayoti,  ilm fan taraqqiyotiga qo’shgan hissasi haqida gapirib bobomiz ruhini yod etdilar. Tadbir so’ngida ta’lim muassasasi   direktori Roziya Rajabova g’olib ishtirokchilarni tabriklab, tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdilar.

Print Friendly, PDF & Email