E’tirof

Ko‘hna va hamisha navqiron Buxorodagi Modarixon madrasasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida O’zLiDeP ning istiqbolli loyihalaridan biri- “Ishbilarmon ayol-2025” ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyat hududiy respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi. Tanlov O‘zLiDep viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyat Kengashi hamkor tashkilot sifatida hakamlik qildi. Tanlovda barcha tumanlardan ishtirok tadbirkor ayollar o‘zlari ishlab chiqariladigan mahsulotlarini namoyon qildilar. Hakamlar tomonidan tadbirkor va ishbilarmon ayollarning iste’dod, mahorat va mehnatlariga munosib baho berildi. Ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqarilgan  va qo‘lda tayyorlangan mahsulotlar hakamlar hay’ati tomonidan ko‘zdan kechirib, xolisona qaror chiqarildi hamda yakuniy natijalarga asosan g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Natijalarga ko‘ra, 1-o‘ringa Romitan tumanidagi “Basiyr” MChJ rahbari Surayyo Sharopova, 2-o‘ringa Buxoro shahridagi “MAMEDOVA SH” xususiy korxonasi rahbari Shahlo Mamedova, 3-o‘ringa Buxoro tumanidagi “Naqshband” hunarmandchilik markazi rahbari Dilovar Boltaeva munosib ko‘rildi.

Shuningdek, ishtirokchilar turli nominatsiyalari bo‘yicha ham alohida e’tirof etildi. Tadbirning g‘olib va sovrindorlari O’zLiDeP va hamkor tashkilotlarning diplom, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email