
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan Buxoro tumanidagi «Varnet» eko bog‘ida bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlar va oilalarini rag‘batlantirish, oilaviy hamjihatlik, ahillik va ma’naviy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish maqsadida “Eng yaxshi Bojxona oilasi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi yetakchi mutaxassisi M.Qobilov, soha xodimlari, ishtirokchilarning oila a’zolari ishtirok etdilar. Belgilangan nizom talablariga muvofiq ishtirokchilar o’zaro bellashib, tanlovning mutloq g’oliblari kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bu kabi tanlovlar xodimlarga nafaqat mehnati e’tirof etilayotganini his qilish, balki o‘zini rivojlantirish, o‘rnak bo‘lish va oilasi bilan faxrlanish imkonini ham beradi.
