Yangi O‘zbekistonning yosh targ‘ibotchisi

“Yangi O‘zbekistonning yosh targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovi yoshlarga mo‘ljallangan muhim ijtimoiy-ma’naviy loyihalardan biridir.
 Ikki yildan buyon O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, kasaba uyushmalari Federatsiyasi Buxoro viloyati kengashi, Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligini targ‘ib qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumga muvofiq “Yangi O‘zbekistonning yosh targ‘ibotchisi” ijodkor va iqtidorli yoshlar viloyat tanlovi tashkil etib kelinmoqda.

Mazkur tanlovninig maqsadi yoshlarning mustaqillik bayramini davr ruhiga hamohang tarzda nishonlashda faol ishtirokini ta’minlash, o‘quvchi yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish, ularning bilimi va iqtidorini rivojlantirish, so‘z va fikr erkinligiga ega, ijtimoiy jarayonlarga befarq bo‘lmagan yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirishdan iborat.

Mazkur tanlovning 1-bosqichi viloyatimizdagi barcha umumta’lim maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida nizom talablariga muvofiq tarzda bo‘lib o‘tmoqda. Bunday tanlovlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida yoshlarning faolligini oshiradi.

Print Friendly, PDF & Email